locale OZ

WBC Grand prisidagi navbatdagi g‘alabalar: o‘zbekistonlik bokschilar gonorarlarini oshirishdi

Tursunov, Baxtiyorov va Mullojonov nimchorak finalda ham zafar quchib, 20 ming dollardan mukofot pullari ishlab olishdi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan WBC Grand Prisi’ning ikkinchi bosqichida o‘zbekistonlik bokschilar yana bir bor zafar quchishdi.

Aprel oyidagi ilk bosqichda g‘alaba qozongan Ayubxon Baxtiyorov, Mujibillo Tursunov va Lazizbek Mullojonov nimchorak final yo‘llanmasi uchun ringga chiqib, navbatdagi raqiblarini mag‘lub etishdi.

Bu natijalar orqali har bir bokschiga 20 ming AQSh dollari miqdorida gonorar to‘lanishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, chorak final bosqichi joriy yil avgust oyiga rejalashtirilgan. Unda hamyurtlarimiz yarim finalga yo‘l olish uchun kurash olib borishadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting