locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

WBA Shahram G'iyosov va Jaron Ennis o'rtasidagi jangni rasman ma'qulladi

Boks 23 apr 2025 da 02:22
Bakradze Iman
Bakradze Iman
WBA Shahram G'iyosov va Jaron Ennis o'rtasidagi jangni rasman ma'qulladi
WBA Shahram G'iyosov va Jaron Ennis o'rtasidagi jangni rasman ma'qulladi

O'zbek professional bokschisi Shahram G'iyosov navbatdagi jangini ikki chempionlik kamari uchun o'tkazadi. Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) amaldagi chempion Jaron Enniskа Shahram G'iyosovga qarshi jangda unvonini himoya qilishni buyurdi. WBA reglamentiga ko'ra, Ennis 12-aprel kuni Rajab Butaev ustidan qozongan g'alabasidan so'ng 120 kun ichida G'iyosovga qarshi ringga chiqishi shart.

Ta'kidlash joizki, Jaron Ennis bir vaqtning o'zida ikki kamar — WBA va IBF — sohibi bo'lib, ushbu unvonlar polusredniy vazn toifasiga tegishli.

Shahram G'iyosov — 2016 yil Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya o'yinlari sovrindori (kumush medal), 2017 yilda havaskorlar o'rtasida jahon va Osiyo chempioni (69 kg vazn toifasida). U 2017 yilning Osiyodagi eng yaxshi bokschisi (havaskorlar o'rtasida) sifatida e'tirof etilgan va “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting