locale OZ

WBA reytingi yangilandi: Shahram va Bektemir yetakchilikni saqlab qoldi

O'zbek bokschilari jahon reytingida o'z o'rinlarini mustahkamlashda davom etmoqda
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Iyun oyi yakuniga ko'ra Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) professional bokschilarning yangilangan reytingini e'lon qildi. Unga ko'ra, O‘zbekiston sportchilari reytingda o‘z o‘rinlarini saqlab qolishdi yoki unga ko‘tarilishdi.

Yarim o‘rta vazn toifasida Shahram G‘iyosov avvalgidek 1-o‘rinda qoldi. Uning qatorida super o‘rta vaznda Bektemir Meliko‘ziev ham yetakchilikni saqlab qoldi.

Qolgan bokschilarimizning reytingdagi holati quyidagicha:
• Hasanboy Do‘smatov (minimal vazn) — 9-o‘rin (bir pog‘ona pasaydi);
• Murodjon Ahmadaliev (birinchi yarim engil vazn) — vaqtinchalik chempion sifatida ro‘yxatda;
• Muhammad Shexov (birinchi yarim engil vazn) — 9-o‘rinda qoldi;
• Otabek Xolmatov (yarim engil vazn) — 3-o‘rinda qoldi;
• Sirojbek Ismoilov (engil vazn) — 12-o‘rin (bir pog‘ona yuqoriladi);
• Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) — 5-o‘rinda qoldi.

Bu natijalar o'zbek bokschilari WBA reytinglarida barqaror o‘rin egallab kelayotganidan dalolat beradi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting