locale OZ

Vengriyada o'zbekistonlik bokschi Shohjahon Abdullayev ishtirokida boks kechasi bo'lib o'tadi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vengriyada o'zbekistonlik bokschi Shohjahon Abdullayev ishtirokida boks kechasi bo'lib o'tadi
Vengriyada o'zbekistonlik bokschi Shohjahon Abdullayev ishtirokida boks kechasi bo'lib o'tadi

9 may kuni Budapesht shahrida (Vengriya) professional boks kechasi tashkil etiladi. Tadbirning asosiy jangida mashhur britan bokschisi Tommi Fyuri Bosniya va Gersegovina vakili Kenan Xanyalisga qarshi ringga chiqadi.

Qiziqarli tomoni shundaki, ushbu kechada O'zbekistondan bo'lgan 22 yoshli professional bokschi Shohjahon Abdullayev ham jang o'tkazadi. Uning raqibi Gruziya vakili Irakliy Alanidze (6–5–1) bo'ladi. Shuningdek, Abdullayev 26-aprel kuni ham jang o'tkazishi kutilmoqda — bu safar u Venesuela bokschisi Ivan Matyut (31–20–2)ga qarshi ringga chiqadi. Ushbu jang ham Budapeshtda o'tkaziladi va Shohjahon uchun Vengriyadagi ilk jang bo'ladi.

Ma'lumot uchun: Shohjahon Abdullayev shu vaqtgacha 3 ta professional jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Oldinda uni ikki hafta ichida yana 2 ta jang kutmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting