locale OZ

Usik va Dyubua revanshidan rekord gonorarlar

Ukrainalik va britaniyalik bokschilar Londondagi jangdan millionlab dollar ishlab olishadi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Og‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBO va WBC chempionlik kamarlariga ega bo‘lgan Aleksandr Usik (23–0, 14 KO) britaniyalik raqibi Daniyel Dyubua (22–2, 21 KO) bilan bo‘ladigan revansh jangidan 134 million dollar ishlab oladi. Bu ukrainalik sportchi uchun faoliyatidagi eng katta gonorar bo‘ladi.

Dyubua ham bu jangdan 72 million dollar ishlab topadi. Bu summa ham uning professional faoliyatidagi eng yirigi sanaladi.

Usik oxirgi jangini 2024-yil 22-dekabr kuni Ar-Riyodda o‘tkazib, Tayson Fyurini mag‘lub etgan va 114 million dollar ishlab olgan edi.

Revansh 2025-yil 19-iyul kuni Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bokschilar 2023-yilda ilk bor to‘qnash kelishgan va o‘shanda g‘alaba Usik tomonida bo‘lgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting