locale OZ

Usik o‘zining 14-professional chempionligini qo‘lga kiritdi

Murozasiz kechgan bahs 11-raundda Usikning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Usik o‘zining 14-professional chempionligini qo‘lga kiritdi
ФОТО: Getty images

23 maydan 24 mayga o‘tar kechasi Misrda yirik boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.

Turnirning asosiy jangida superog‘ir vaznda WBA, WBC, IBF va IBO kamarlariga ega, mag‘lubiyat nimaligini bilmagan Oleksandr Usik hamda Glory’ning sobiq chempioni Riko Verhuven o‘zaro to‘qnash keldi.

Murozasiz kechgan bahs 11-raundda Usikning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ukrainalik bokschi uchun bu g‘alaba professional faoliyatidagi 14-chempionlik jangidagi yutug‘i bo‘ldi. Umuman olganda, Usik prof ringda 25 ta g‘alabaga erishgan bo‘lib, ularning 16 tasini nokaut bilan yakunlagan.

U 2013 yil noyabr oyidagi debyutidan buyon hali hamon mag‘lubiyatga uchramagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting