Usik Fyuri — Joshua jangida kim gʻalaba qozonishini tahmin qildi
Og‘ir vazn toifasida WBA, WBC, IBF va IBO kamarlari sohibi, 39 yoshli mag‘lubiyatsiz ukrainalik bokschi Aleksandr Usik britaniyalik bokschilar Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasidagi ehtimoliy jangda kim g‘alaba qozonishi haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Ey Jey g‘alaba qozonadi. U kelajakdagi mutlaq chempion bo‘ladi», — dedi Usik Verxuven bilan bo‘ladigan jang oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, Entoni Joshua 36 yoshda. Britaniyalik bokschi professional ringda 2013 yildan buyon ishtirok etib keladi. Uning hisobida 29 ta g‘alaba (shundan 26 tasi muddatidan oldin) va 4 ta mag‘lubiyat bor. U 2012 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni va boksga qo‘shgan hissasi uchun Britaniya imperiyasi ordeni kavaleri hisoblanadi.
Tayson Fyuri esa 37 yoshda. Britaniyalik bokschining professional rekordi 35 ta g‘alaba (shundan 24 tasi nokaut bilan), 2 ta mag‘lubiyat va bitta durangdan iborat.