Usik chempionlik kamarlarini kikboks qirolidan himoya qildi
Jang 11 raund davom etdi.
ФОТО: Getty images
Professional boksning super ogʻir vazn toifasi boʻyicha Jahon chempioni, ukrainalik Oleksandr Usik Butunjahon boks kengashi (WBC), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) va Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA Super) kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Misrdagi Giza ehromlari yaqinida boʻlib oʻtgan 12 raundlik jangda u niderlandiyalik Riko Verxovenni 11-raundda texnik nokaut evaziga magʻlub etdi.
Jang toʻxtatilgan daqiqada ikki hakam durang natijani qayd etib turgan edi — 95:95, 95:95, uchinchi hakam esa ustunlikni Verxoven hisobiga yozgandi — 96:94.
Shu tariqa, 39 yoshli Usik faoliyatidagi 25-g’alabasiga erishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist