locale OZ

Umar Kremlyov: Biz Rossiyani dunyo boks markaziga aylantirmoqchimiz

IBA rahbari tashkilotning 2025 yildagi rejalari va Rossiyada boks rivoji haqida fikr bildirdi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Sports.ru

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov tashkilotning yaqin kelajakdagi maqsadlari va bo‘lajak turnirlar yuzasidan bayonot berdi.

“IBA musobaqalar geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda. Joriy yilda Serbiyada ayollar o‘rtasida jahon chempionatini o‘tkazdik. Iyul oyi boshida esa erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati mezbonini e’lon qilamiz. Bizning strategik maqsadimiz — Rossiyani dunyo boks maydoniga aylantirish.

U yerda jahon chempionatlari va yirik reyting turnirlari o‘tkazilishi kerak. Ayni vaqtda Rossiyada bir nechta muhim musobaqalarni tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda”, — dedi Umar Kremlyov “Chempionat” nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) 1920 yilning avgustida tashkil etilgan. Umar Kremlyov 2020 yil dekabridan beri tashkilotga rahbarlik qilib kelmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting