locale OZ

Ukraina boksi afsonasi Vasiliy Lomachenko faoliyatini yakunladi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Ikki karra Olimpiada g‘olibi, professional boksning uch vazn toifasida sobiq jahon chempioni, ukrainalik mashhur bokschi Vasiliy Lomachenko o‘z faoliyatini yakunlaganini rasmiy e’lon qildi. Lomachenko 2024 yil may oyidagi so‘nggi jangini IBF kamari uchun o‘tkazib, uni qo‘lga kiritgandi. Shu bilan u professional faoliyatini yuqori nuqtada yakunladi. Uning faoliyati 18 g‘alaba va 3 mag‘lubiyatdan iborat.

“Har bir sportchining hayotida bu kun yetadi. Har bir narsaning boshlanishi bo‘lgandek, yakunlanishi ham tabiiy. Menga shu fursat yetdi. Meni butun dunyoga tanitgan boks qo‘lqoplarimni mixga ilish vaqti keldi”, — deb yozdi 37 yoshli Lomachenko o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Lomachenko Pekin-2008 va London-2012 Olimpiadalarida tilla medallarga sazovor bo‘lgan. Professional ringdagi uchinchi jangining o‘zidayoq jahon chempioniga aylangan va bor-yo‘g‘i 12 ta jangda uchta vazn toifasini zabt etib, noyob yutuqqa erishgan. Uning ismi zamonaviy boks tarixiga oltin harflar bilan yozildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting