locale OZ

Turki Al ash-Sheikh: Superog‘ir vaznni jonlantirish uchun qora tanli chempion zarur

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Turki Al ash-Sheikh: Superog‘ir vaznni jonlantirish uchun qora tanli chempion zarur
Turki Al ash-Sheikh: Superog‘ir vaznni jonlantirish uchun qora tanli chempion zarur

Saudiya Arabistoni Ko‘ngilochar ishlari boshqarmasi rahbari Turki Al ash-Sheikhning ta’kidlashicha, superog‘ir vazn toifasi yanada qiziqarli va kuchli raqobatli bo‘lishi uchun unda afrikalik ildizlarga ega qora tanli bokschining chempion bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.

Katta janglarni uyushtirib kelayotgan Sheikhning fikriga ko‘ra, bunday holat professional boksdagi qiziqishni oshirishi va ushbu vazn toifasini yanada mashhurlashtirishi mumkin.

"Odatda men din va e’tiqod mavzusi, odamlarning irqi masalalarini chetlab o‘taman. Lekin o‘ylashimcha, agar superog‘ir vaznda qora tanli chempion bo‘lganda, bu divizion janglariga qiziqish yana ham ortib ketardi. O‘tgan asrning 60-70 yillaridagi Muhammad Ali davri qaytishini xohlar edim. O‘sha paytda superog‘ir vaznda bir vaqtning o‘zida 3-4 nafar afsonaviy bokschilar ringga chiqardi. Hozir amerikalik iqtidorli yoshlar amerika futboli yoki basketbolni tanlayapti. Boks ular uchun so‘nggi tanlov variantiga aylanib qolmoqda. Biz bu qarashni o‘zgartirmoqchimiz", — dedi Al ash-Sheikh.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting