Turki Al ash-Shayx va Aleksandr Usik Germaniyadagi jang borasida uchrashuv o‘tkazadi
Saudiya Arabistoni Ko‘ngilochar bosh boshqarmasi raisi Turki Al ash-Shayx og‘ir vazn toifasida WBA, WBC, IBF va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha amaldagi jahon chempioni, 39 yoshli mag‘lubiyatsiz Aleksandr Usik bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda The Ring nashri jurnalisti Mayk Koppinger xabar berdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad ukrainalik bokschining navbatdagi jangini tashkil etish masalasini muhokama qilishdan iborat.
The Ring nashri xabarida shunday deyiladi:
«Turki Al ash-Shayx Aleksandr Usik bilan uchrashib, shu yilning oxirida Germaniyada bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Agit Kabayelga qarshi og‘ir vazn toifasida «The Ring» jurnali kamari uchun jang masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu to‘qnashuv, agar Usik Riko Verxuven ustidan g‘alaba qozonsa, amalga oshishi mumkin».