Toshkentdagi boks oqshomida Shohjahon Abdullayev markaziy jangda ringga chiqadi
Lift Promotions 10 iyulda bo‘lib o‘tadigan shouning to‘liq kardini e’lon qildi
Rasm: boxing.uz
10 iyul kuni Toshkentdagi “Yunusobod” sport majmuasida Lift Promotions kompaniyasi navbatdagi professional boks kechasini o‘tkazadi. Tashkilotchilar tomonidan turnirning to‘liq jadvali e’lon qilindi.
Kechaning markaziy jangida mag‘lubiyatsiz yurayotgan hamyurtimiz Shohjahon Abdullayev (4–0) Hindistonlik raqib — Gaurav Dutt (3–1)**ga qarshi ringga chiqadi.
Bundan tashqari, tadbir doirasida Nurislom Ismoilov, Abbosxon Yo‘ldoshev kabi yosh va iqtidorli bokschilar ham ishtirok etadi.
Janglar 10 iyul kuni soat 19:00 da boshlanadi.
Bakradze Iman
Redaktor