Toshkent yana bir katta musobaqaga mezbonlik qiladi
Musobaqa noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.
Фото: Boxing Uzbekistan
Xabaringiz bor, Liverpulda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati doirasida World Boxing tashkiloti kubogining final bosqichi mezbonligini qabul qilish bo‘yicha arizalar topshirilgan edi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi vakillari ham mezbonlik uchun o‘z taqdimotlarini World Boxing Ijroiya Qo‘mitasiga taqdim etdilar.
Yuqori saviyada qo‘mitaga taqdim etilgan taqdimot, World Boxing direktorlar kengashi tomonidan ma’qullanib, O‘zbekistonga ishonch bilan topshirildi.
Endilikda, 2026 yilgi World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining final janglariga Toshkent mezbonlik qiladigan bo‘ldi.
Musobaqa noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.
Kubok bahslarining birinchi bosqichi aprel oyida Braziliyada o‘tkazilsa, ikkinchi bosqich iyunda Xitoy davlatida bo‘lib o‘tadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist