locale OZ

Toshkent Osiyo chempionati bahslariga mezbonlik qiladi

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toshkent Osiyo chempionati bahslariga mezbonlik qiladi
Фото: Boxing Uzbekistan

Asian Boxing tashkiloti 2026 yilgi Osiyo chempionatlariga rasmiy mezbonlarni e'lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, dastlab kattalar ishtirokidagi Osiyo chempionati 28 martdan 11 aprelgacha Mo‘g‘ilistonning Ulan-Bator shahrida o‘tkaziladi.

Toshkent esa o‘smirlar (U-15) va yoshlar (U-17) o‘rtasidagi Osiyo birinchiligiga mezbonlik qiladi. O‘tkazilish vaqti: 1–16 may.

2026 yilgi U-19 va U-22 chempionatini qabul qilishni esa Jakarta o‘z zimmasiga oldi. Vaqti: 3–16 iyul.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting