locale OZ

The Ring P4P reytingini yangiladi — «Kanelo» yetti yil ichida ilk bor kuchli o‘nlikni tark etdi

Meksikalik bokschi soʻnggi janggida Kroufordga imkoniyatni boy bergandi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
The Ring P4P reytingini yangiladi — «Kanelo» yetti yil ichida ilk bor kuchli o‘nlikni tark etdi
FOTO: Getty Images

Yirik boks turnirlaridan so‘ng nufuzli The Ring jurnali yangilangan Pound-for-pound reytingini e’lon qildi.

The Ring talqiniga ko‘ra Pound-for-pound reytingining kuchli o‘ntaligi quyidagicha shakllandi:

1. Terens Krouford

2. Aleksandr Usik

3. Naoya Inoue

4. Jessi Rodriges

5. Dmitriy Bivol

6. Artur Beterbiev

7. Dzunto Nakatani

8. Shakur Stivenson

9. Devid Benavides

10. Devin Heyni

Yangilanishdan avval ro‘yxatning o‘ninchi pog‘onasida mashhur meksikalik bokschi Saul «Kanelo» Alvares joy olgan edi. Biroq Devin Heyni Brayan Normanni hakamlar yakdil qarori bilan (114–113, 117–110 va 116–111) mag‘lub etib, birinchi yarim o‘rta vaznda WBO kamariniga ega bo‘lgach, o‘ninchi pog‘onani egalladi va Kaneloni reytingdan siqib chiqardi.

Shu tariqa Saul Alvares The Ring reytingining kuchli o‘ntaligidan yetti yil ichida ilk bor chiqib ketdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting