locale OZ

The Ring Magazine Javohir Ummataliyev haqida maqola chop etdi

Nashr o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida hamyurtimizga alohida e’tibor qaratdi.
The Ring Magazine Javohir Ummataliyev haqida maqola chop etdi
Foto: Getty Images

Dunyoning eng nufuzli boks nashrlaridan biri — The Ring Magazine o‘zbekistonlik istiqbolli bokschi Javohir Ummataliyev haqida post e’lon qildi. Nashr o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida hamyurtimizga alohida e’tibor qaratdi.

Postda Ummataliyevning amerikalik jahon chempioni Shakur Stivenson bilan AQShdagi mashhur Mayweather Boxing Gym zalida mashg‘ulot va sparring jarayonidan olingan lavhalari ulashilgan.

The Ring Magazine o‘zbekistonlik bokschini katta salohiyatga ega istiqbolli sportchilardan biri sifatida tilga olgan. Bu esa Ummataliyevga xalqaro boks jamoatchiligi tomonidan qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, Javohir Ummataliyev professional faoliyatini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik yosh bokschilardan biri bo‘lib, so‘nggi vaqtlarda AQShda yuqori saviyadagi bokschilar bilan mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting