Thailand Open. Kecha ringga chiqqan barcha bokschilarimiz g‘alaba qozondi, bugun esa yana 5 nafar vakilimizga muxlislik qilamiz
Tailand poytaxti Bangkokda boks bo‘yicha Thailand Open xalqaro turniri davom etmoqda. Kecha musobaqaning ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasidan uch nafar bokschimiz ringga chiqdi va barchasi muvaffaqiyatli g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.
Kechagi o‘yin natijalari (25 may kuni) :
-55 kg: Faryozbek Do‘samatov – Bado Aaron (Filippin) 5:0
-50 kg: Shodiyorjon Meliquziev – Jay Barikuatro (Filippin) 4:1
-51 kg: Sabina Boboqulova – Chee Wann (Singapur) 5:0
Bugun (26 may kuni) esa besh nafar vakilimiz ringga chiqadi va ularga ko‘plab muxlislarimiz qo‘l qo‘shadi:
-60 kg: Madiyar Daniyarov – Jon Napoles (Filippin) soat 12:00
-90 kg: Elyorbek Jo‘raboev – Jung Haneul (Janubiy Koreya) 13:15
-65 kg: Navbahor Hamidova – Kang Sukyoung (Janubiy Koreya) 14:00
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov – Someya Shoi (Yaponiya) 15:00
-60 kg: Sitora Turdibekova – Chengyu Yang (Xitoy) 17:00
Barchani bugungi bahslarga qo‘llab-quvvatlashga taklif qilamiz!