Thailand Open. Ilk kuni 3 nafar charm-qo‘lqop ustamiz ringga chiqadi
Taylandda start olgan musobaqaning ilk kunida 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi
Rasm: Gazeta.uz
Bugun, 23 may kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha an’anaviy “Thailand Open” xalqaro turniri boshlanadi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Musobaqaning birinchi kun dasturidan 3 nafar bokschimizning jangi o‘rin olgan. Ular quyidagilar:
-60 kg: Madiyar Daniyarov – Vlasyuk Maksim (Ukraina) – soat 11:15
-54 kg: Feruza Kazakova – Inna Statkevich (Ukraina) – soat 13:30
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov – Yadav Hemant (Hindiston) – soat 16:15
Janglar ikki qismda o‘tadi: birinchi dastur soat 11:00 da, ikkinchisi esa 15:00 da start oladi. Bokschilarimizga omad tilab qolamiz!
Bakradze Iman
Redaktor