locale OZ

“Thailand Open 2025”: O‘zbekiston bokschilari yarim finalga chiqishdi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: boxing.uz

Bangkokda o‘tayotgan «Thailand Open 2025» xalqaro boks turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari chorak final bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yarim finalga yo‘l olishdi.

Bugungi janglarda quyidagi bokschilarimiz g‘alaba qozonishdi:
Nusrat Tohirova (-85 kg) Iordaniyalik Hussein Iyashni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Sabina Boboqulova (-51 kg) Janubiy Koreya vakilasi Mun Gaeon ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Oysha Toirova (-70 kg) ukrainalik Anastasia Chernokolenko’ni 5:0 hisobida yengdi.
Javohir Abdurahimov (-75 kg) qozog‘istonlik Timur Nursseitovni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar bokschisi yarim finalga chiqib, musobaqadagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting