Terens Krouford Tayson va Pol oʻrtasidagi jangchi uyushtirilgan deb atadi
Amerikalik mashhur bokschi Terens Krouford afsonaviy Mayk Tayson va bloger Jeyk Pol o‘rtasidagi qarama-qarshilikning haqqoniyligiga shubha bildirdi. Kroufordning fikricha, ringda sodir bo‘lgan voqealar haqiqiy jangdan ko‘ra ko‘proq oldindan kelishilgan tomoshani eslatgan.
Jo Rogan podkastida so‘zga chiqqan Krouford o‘z fikrlarini quyidagicha bayon qildi:
«Afsonaning bunday holatda ketayotganini ko‘rish yurakni ezadi. U umuman ringga chiqmasligi kerak edi. Men Taysonning o‘z qo‘lqoplarini bunchalik tishlaganini hech qachon ko‘rmaganman — u raqibiga zarba bermaslik uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. O‘ylayman-ki, bu jang kelishilgan edi. Uning obro‘-e’tiborini hisobga olib, pul ishlashning boshqa yo‘lini topsalar bo‘lardi. Jeyk Polning ushbu chiqishidan so‘ng aytishim mumkinki, u hatto Meyvezerga ham birorta zarba yo‘llay olmaydi».
Eslatib o‘tamiz, Tayson va Pol o‘rtasidagi shov-shuvli jang 2024 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan edi. Sakkiz raund davom etgan bahs yakunida hakamlarning yakdil qarori bilan Jeyk Pol g‘olib deb topilgandi.