Terens Crouford yana Madrimov bilan bo'lgan jangni esga oldi
Super yarim o'rta vazn toifasida WBA kamarini qo'lga kiritgan amerikalik chempion Terens Crouford yaqinda o'zbekistonlik bokschi, ushbu kamarning sobiq egasi Isroil Madrimovga qarshi o'tkazgan jangi haqida fikr bildirdi.
— Meningcha, u jang men uchun muvaffaqiyatli chiqish bo'ldi. Ringda nimani xohlasam, shuni amalga oshira oldim. Tempni o'zimga mos ravishda nazorat qildim. Har bir zarbamda ustunlikni his qildim va o'sha kecha juda yaxshi boks ko'rsatdim. U jangdan qandaydir saboq oldim, deb ayta olmayman. Uslublar to'qnashuvi bo'ldi, xolos. Canelo va Madrimovning uslublari bir-biridan farq qiladi. Biz faqat shu haqida gapiryapmiz. Boshqa hech narsa yo'q, — dedi Crouford.
Eslatib o'tamiz, Crouford va Madrimov o'rtasidagi jang o'tgan yilning avgust oyida Los-Anjelesda bo'lib o'tgan va amerikalik bokschi ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.