locale OZ

Terence Crawford WBA kamaridan voz kechdi

Endilikda mazkur toifada yagona chempion sifatida germaniyalik Abass Barou tan olinadi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Terence Crawford WBA kamaridan voz kechdi
ФОТО: Getty images

Amerikalik bokschi Terence Crawford WBA chempionlik kamaridan rasmiy tarzda voz kechdi. Bu haqda WBA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 37 yoshli mag‘lubiyatsiz bokschi super o‘rta vazn toifasida (76,2 kg) mutlaq jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritganidan so‘ng shu qarorga kelgan.

Endilikda mazkur toifada yagona chempion sifatida germaniyalik Abass Barou tan olinadi.

Eslatib o‘tamiz, Crawford 2024 yilning avgust oyida o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimovni mag‘lub etib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi.

Keyinchalik unga Saul Alvarez bilan jang o‘tkazish uchun yuqori vazn toifasiga ko‘tarilish huquqi berildi va u 76,2 kg gacha bo‘lgan vaznda WBA superchempioni bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting