locale OZ

Terence Crawford Saul Alvaresni mag'lubiyatga uchratib, mutlaq chempionga aylandi

Jang to'liq davom etdi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Terence Crawford Saul Alvaresni mag'lubiyatga uchratib, mutlaq chempionga aylandi
ФОТО: Getty images

AQShning Las-Vegas shahrida katta professional boks oqshomi bo'lib o'tdi.

Kechaning markaziy jangida jahon boksi yulduzlari Saul Alvares va Terence Crawford o'zaro to'qnash keldi.

12 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Unda Terence Crawford ustunlikka erishdi.

Hakamlari qaroriga ko'ra, Terence Crawford jangda ochkolar evaziga (116-112, 115-113, 115-113) g'alaba qozondi va mutlaq chempionga aylandi.

Shu tariqa, Crawford Saul Alvaresga tegishli ikkinchi o'rta vazndagi barcha kamarlarni tortib oldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting