locale OZ

Teremoana Junior: Jalolov mendan qochishi mumkin

Avstraliyalik nokautchi superog‘ir vaznda Bahodir Jalolovni jangga chorladi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Avstraliyalik superog‘ir vazn toifasidagi mag‘lubiyatsiz bokschi Teremoana Junior (8-0, 8 KO) kelgusi rejalari va Bahodir Jalolov haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

— Men bu yerga chempion bo‘lish uchun kelganman. Albatta, bunga erishish oson emas — har bir raqibni bosqichma-bosqich yengish kerak. Men “Fight Night” o‘yinidagi kabi har bir raqibni mag‘lub etib, cho‘qqiga chiqmoqchiman, — dedi Teremoana.

— Jalolov? U yaxshi bokschi, men uni hurmat qilaman. Olimpiadada ikki marta zafar quchgan. Lekin agar u men bilan professional ringda to‘liq 12 raundlik jang qilsa — qocha olmaydi. Balki yaxshi pul taklif qilinsa, jangga chiqar. Lekin menimcha, u mendan qochadi, chunki mening kuchimni biladi. Shuning uchun u mendan uzoq turishga harakat qiladi, — deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, 14 iyun kuni Teremoana o‘z yurtidagi jang kechasida Alim Uitfildni nokaut etdi. Bu uning ketma-ket sakkizinchi g‘alabasi bo‘ldi — hammasi nokaut bilan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting