locale OZ

Tayson qachon Meyvezerga qarshi jang qilishini aytdi

Amerikalik jangchi shon-shuhrat zali a'zosi hisoblanadi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tayson qachon Meyvezerga qarshi jang qilishini aytdi
FOTO: Getty Images

59 yoshli xalqaro Boks shon-shuhrat zali a’zosi va sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson 48 yoshli, besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni bo‘lgan hamyurti Floyd Meyvezer bilan bo‘ladigan ko‘rgazmali jang qachon va qayerda o‘tishini ma’lum qildi.

«Bu jang mart oyida Afrikada bo‘ladi. Bizning bahsimiz aql bovar qilmaydigan darajada katta voqea bo‘ladi, barcha rekordlarni yangilaydi va boks tarixidagi eng yirik tadbirlardan biriga aylanadi», — deya Taysonning so‘zlarini keltiradi talkSPORT.

Maʼlumot uchun, Taysonning professional faoliyatidagi rekordida 50 ta g‘alaba, 7 ta mag‘lubiyat bor, yana ikki jang esa o‘tkazilmagan deb topilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting