locale OZ

Tayson Fyuri kelasi yilda Usik bilan uchinchi jangni o'tkazadi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tayson Fyuri kelasi yilda Usik bilan uchinchi jangni o'tkazadi
Photo: Getty Images

Super og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri 2026 yilda Aleksandr Usik bilan uchinchi jangi bo'lib o'tishini ma'lum qildi.

"2026 yil 18 aprel, “Uembli” stadioni. Trilogiya", — deb yozdi Fyuri ijtimoiy tarmoqlarda.

Fyuri va Usik o'zaro ikkita jang o'tkazgan va ularning har ikkalisida ham Usik g'alabaga erishgan.

Avvalroq Turki ash Shayxning ma'lum qilishicha, Tayson Fyuri 2026 yilda boksdagi faoliyatini qayta boshlashi mumkinligini aytib o'tgandi.

"Lo'lilar qiroli qaytmoqda! Men Tayson bilan gaplashdim va u 2026 yilda Ar-Riyodda jang o'tkazishga va'da berdi. Biz intiqlik bilan kutamiz", — deb yozdi Ash Shayx.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting