locale OZ

Tayson Fyuri 2026-yildan so‘ng faoliyatini yakunlashini e'lon qildi

Fyuri bu qarori pul yoki chempionlik kamarlari bilan bog‘liq emasligini ta'kidladi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tayson Fyuri 2026-yildan so‘ng faoliyatini yakunlashini e'lon qildi
Foto: Getty Images

Britaniyalik mashhur bokschi Tayson Fyuri 2026-yil uning professional faoliyatidagi so‘nggi yil bo‘lishini ma'lum qildi. "Lo‘li qiroli"ning aytishicha, u yil oxirida boks bilan xayrlashishga qat'iy qaror qilgan.

Fyuri bu qarori pul yoki chempionlik kamarlari bilan bog‘liq emasligini ta'kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u endi shunchaki ringdan zavq olib, faoliyatining so‘nggi janglarini o‘tkazishni istaydi.

Shu bilan birga, 37 yoshli bokschi joriy yil Marius Vaxga qarshi jang qiladi. Agar Entoni Joshua ham o‘z navbatdagi jangida g‘alaba qozonsa, yil oxirida uzoq kutilgan Fyuri – Joshua qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu jang Fyurining professional boksdagi so‘nggi chiqishi bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting