locale OZ

Taniqli rossiyalik bloger ukrainetsga qarshi jangdan so'ng Bahodir Jalolovni tanqid qildi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Taniqli rossiyalik bloger ukrainetsga qarshi jangdan so'ng Bahodir Jalolovni tanqid qildi
Taniqli rossiyalik bloger ukrainetsga qarshi jangdan so'ng Bahodir Jalolovni tanqid qildi

Boks mavzusida yozishga ixtisoslashgan rossiyalik bloger o'zining telegram-kanali — MMA & Boxing orqali Bahodir Jalolovning 5 aprel kuni bo'lib o'tgan jangidan olingan taassurotlari bilan bo'lishdi. Unga ko'ra, ikki karra olimpiya chempioni hali ham professionallarga xos o'yin ko'rsata olmayapti.

«Bahodir Jalolovning jangini ko'rdim — dahshat! Hali ham aynan havaskorcha uslub: ringda aylanib yuradi, masofadan turib kombinatsiyalar va sekin zarbalar beradi. Oxirida esa raqibining yelkasiga osilib, jangni shunday yakunladi. Shunisi ham borki, ukrain bokschisini jangga bir kun qolganda olib kelishdi — u akklimatizatsiyadan ham o'ta olmagan, shunda ham olimpiya chempionini ancha terlatdi. Jalolov sakramadi, harakat qilmadi — faqat bosim o'tkazdi, xolos».

Bloger Matveev raqibning parametrlariga ham e'tibor qaratgan: 135 kilogramm vazn, bo'yi — 190 santimetr. Eslatib o'tamiz, 5 aprel kuni Bahodir Jalolov ukrain bokschisi Igor Shevazovskiyga qarshi jang o'tkazdi. 10 raund davom etgan jang yakunida o'zbekistonlik bokschi hakamlar qarorga ko'ra g'alaba qozondi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting