Tailanddagi musobaqa g‘alaba bilan boshlandi: Daniyarov va Kazakova raqiblarini yengdi
O‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustalari xalqaro turnirda ishonchli start qayd etdi
Rasm: boxing.uz
Tailandning Bangkok shahrida start olgan boks bo‘yicha “Thailand Open” xalqaro musobaqasida o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirokni boshlashdi.
-60 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Madiyar Daniyarov ukrainalik Vlasyuk Maksimga qarshi jangda 3:2 hisobida zafar quchdi. Qat’iyatli va teng kurashlar sharoitida o‘tgan jangda Daniyarov hakamlar qaroridan so‘ng g‘alaba sari ilgariladi.
Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi -54 kg vazn toifasidagi jangda Feruza Kazakova yana bir ukrainalik sportchi — Inna Statkevichni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uning ustunligi jang davomida yaqqol ko‘zga tashlandi.
Musobaqa doirasida yurtdoshlarimiz bokschilari yana bir qator janglarda ishtirok etishadi.
Bakradze Iman
Redaktor