Tailanddagi musobaqa: Fozilova, Kazakova va Do‘smatov finalda, Hamidova — bronza bilan
Tailandda o‘tayotgan xalqaro boks musobaqasining yarim final bahslarida o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
-48 kg vazn toifasida Farzona Fozilova ukrainalik Olga Shalimovaga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishib, finalga yo‘l oldi.
-54 kg vaznda Feruza Kazakova Tailand vakili Apisada Tantavani ikkinchi raundda mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqdi.
-55 kg vaznda Faryozbek Do‘smatov Qirg‘izistonlik Islam Torobaevga qarshi jangda ustunlik qildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. U ham finalda o‘z omadini sinab ko‘radi.
Afsuski, -65 kg vazn toifasidagi yarim finalda Navbahor Hamidova xitoylik Liu Yangga qarshi jangda 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shunday qilib, bokschimiz musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
Final janglari ertaga bo‘lib o‘tadi. Sportchilarimizga omad tilaymiz.