locale OZ

«Strandja» turnirining tarixi haqida

Bu musobaqa 1950 yildan beri Bolgariyaning poytaxti Sofiya shahrida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Strandja» turnirining tarixi haqida
Фото: Boxing Uzbekistan

Ma’lumki, ertadan "Strandja" turniri start oladi. Bugun qur’a va boshqa tashkiliy ishlar o‘rin olgan. Shu o‘rinda ushbu musobaqa haqida biroz ma’lumot berib o‘tamiz.

"Strandja" turniri tarixi:

Bu musobaqa 1950 yildan beri Bolgariyaning poytaxti Sofiya shahrida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadi. O‘rtada bir yilda ikki marta ham tashkil etilganligi tufayli, bu safargisi ketma-ketlik bo‘yicha 77-turnir bo‘lmoqda. Odatda "Strandja" kubogi deb ham yuritiladi va musobaqaning eng yaxshi bokschisiga ham kubok topshiriladi. Bir so‘z bilan aytganda, havaskor boks olamidagi eng tarixiy turnirlardan biri sanaladi.

"Kichik jahon chempionati":

"Ha, "Strandja" turnirini kichik jahon chempionati deb atashadi. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor.

Birinchidan, yuqorida aytib o‘tganimdek, o‘z tarixiga va obro‘siga ega bo‘lgan an’anaviy musobaqa.

Ikkinchidan, yilning boshida o‘tkazilganligi uchun rasmiy musobaqalar uchun tarkib tanlashda qo‘l keladi. Bu esa har bir mamlakat o‘zining eng kuchli va umidli bokschilari bilan tashrif buyurishiga sabab bo‘ladi. Bu esa "dahshatli" raqobatni yuzaga keltiradi.

Qolaversa, terma jamoalar uchun bu musobaqani yutish o‘ziga xos ramziy ma’no kasb etish darajasiga yetgan. Bir vaqtlar o‘zbekistonlik bokschilar uchun "Jakson" turnirida g‘alaba qozonish qanchalik muhim bo‘lgan bo‘lsa, havaskor boks olamida "Strandja" turnirini zabt etish terma jamoalar uchun shunchalik muhim masalaga aylangan...

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting