locale OZ

Shohjahon Ergashov navbatdagi jangini Turkiyada oʻtkazishi mumkin

Istanbuldagi imkoniyat: Ergashovga IBAdan yangi chaqiruv
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Super engil vaznda jang qiladigan, IBF kamari uchun sobiq da'vogar Shohjahon Ergashovning navbatdagi jangi IBA musobaqasi doirasida Turkiyada boʻlib oʻtishi ehtimoldan xoli emas.

“Formamni ancha tiklab oldim. IBA prezidenti Umar Kremlyov boshchiligidagi tashkilotdan iyul oyi uchun jang taklifi oldim. Nima deysizlar, qabul qilsammikan? Jang Istanbulda boʻladi”, — deb yozdi Ergashov oʻz sahifasida.

33 yoshli bokschimizning hozirgacha professional faoliyatida 27 ta jang oʻtkazgani, shundan 25 tasida gʻalaba qozonib, 2 marta magʻlub boʻlgani qayd etilgan. U soʻnggi jangida — 2024 yil 15 fevral kuni Fargʻonada ugandalik Junju Paurni ilk raundda nokautga uchratib, yirik gʻalabaga erishgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting