locale OZ

Shohjahon Ergashov Bachkovga qarshi ringga chiqmaydi

BoxRec ma'lumotiga ko'ra, armanistonlik Bachkov boshqa bokschiga qarshi jang qiladi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashov 2 iyul kuni bo'lib o'tadigan navbatdagi jangida Armaniston vakili Ovanes Bachkovga qarshi to'qnashishi kutilayotgandi. Jang Turkiyadagi IBA Pro 7 boks kechasi doirasida o'tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Biroq BoxRec platformasida yangilangan ma'lumotlarga ko'ra, Bachkovning shu sanadagi raqibi o'zgargan — u Janubiy Afrika Respublikasi vakili Xolisani Ndongeni bilan ringga chiqadi.

Ergashovning esa ushbu kechada qatnashishi hozircha noaniq. Uning Instagram sahifasidagi postlarga qaraganda, kecha u Samarqandda bo'lgan.

Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, Shohjahon Ergashovning keyingi jang sanasi va raqibi haqida rasmiy bayonotlar kutib qolinyapti.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting