locale OZ

Shohjahon Ergashevning navbatdagi jang sanasi va manzili ma'lum bo'ldi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shohjahon Ergashevning navbatdagi jang sanasi va manzili ma'lum bo'ldi
FОТО: IBA

Super yengil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq da'vogar Shohjahon Ergashev iyul oyida yana ringga qaytadi. Bu haqda sportchining o'zi Instagram sahifasida ma'lum qildi.

Unga ko'ra, Ergashev 3-iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida ringga ko'tariladi. Biroq raqib hozircha ma'lum emas.

Ma'lumot uchun, 33 yoshli vakilimiz prof boksda 27 ta jang o'tkazib, 25 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. Ergashev o'zining so'nggi jangini joriy yilning fevral oyida ugandalik Junju Pauerga qarshi o'tkazgan va birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting