locale OZ

Shahramning g'alabasi uchun 4 raund kifoya qildi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shahramning g'alabasi uchun 4 raund kifoya qildi
Photo: gettyimages

Shahram G‘iyosovdan navbatdagi g‘alaba, endi u ikkita kamar uchun jang qiladi.

Bokschimiz SHahram G‘iyosov AQSHning Nyu-Jersi shtati, Atlantik-Siti shahrida tashkil etilgan boks oqshomida ringga ko‘tarildi.


Ushbu jangda hamyurtimizga argentinalik Franko Maksimiliano Okampo raqiblik qildi.
10 raundga mo‘ljallangan jang 4-raundda o‘z yakuniga etdi. Ushbu raund davomida Shahramning ketma-ket zarbalari ta’sirida referi hisobni ochdi. Bu vaqtda raqib o‘ziga kela olmadi va hakam jangni to‘xtatishga qaror qildi va Shahram prof boksdagi 17-jangida 17-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Endi G‘iyosov Ennis - Staniosis to‘qnashuvi g‘olibiga qarshi WBA va IBF kamari uchun jang o‘tkazadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting