locale OZ

Shahram G‘iyosov WBA vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qiladi

Unga raqib sifatida meksikalik Raul Kuriel ko‘rsatilmoqda — rasmiy qaror yaqin kunlarda
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Yarim o‘rta vazn toifasida harakat qilayotgan hamyurtimiz Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi borasida muhim ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

MoBoxing&NoProblem nashrining xabar berishicha, G‘iyosov WBA versiyasi bo‘yicha vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qilish arafasida turibdi. Unga raqib sifatida meksikalik Raul Kuriel ko‘zda tutilmoqda.

Hozircha har ikki bokschi WBA to‘laqonli chempioni Rolly Romeroning qarorini kutmoqda. Avvalroq WBC tashkiloti Romeroga Barrios — Pakyao jangi g‘olibi bilan birlashtiruvchi to‘qnashuvni taklif etgan.

Ma’lumki, Shahram G‘iyosov hozirda WBA yo‘nalishida rasmiy da’vogar hisoblanadi.

31 yoshli hamyurtimiz professional faoliyati davomida 17 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Uning ehtimoliy raqibi, 29 yoshli Raul Kuriel esa 16 g‘alaba va 1 durangga erishgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting