locale OZ

Shahram G‘iyosov: Krouford pul uchun jang qilmoqchi, finishi yaqin

O‘zbekistonlik bokschi Krouford – Alvares jangi haqida o‘z fikrlarini bildirdi
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shahram G‘iyosov: Krouford pul uchun jang qilmoqchi, finishi yaqin
Rasm: gettyimages.com

Yarim o‘rta vazndagi WBA kamariga asosiy da’vogarlaridan biri — Shahram G‘iyosov amerikalik Terens Krouford hamda meksikalik Saul “Canelo” Alvares o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan katta jang haqida o‘z munosabatini bildirdi.

— “Krouford bu jang orqali katta pul ishlab olishni maqsad qilgan. Unga natija muhim emas — g‘alabami, mag‘lubiyatmi, farqi yo‘q. Uning faoliyati finishga yaqinlashyapti. Katta pul ishlab, ketishni xohlayapti, xolos. Ikkalasi ham — u ham, Canelo ham — bu jangga asosan moliyaviy jihatdan qiziqish bildirgan. Chunki bu kurash orqali katta mablag‘ ishlab olish mumkin. Ular ikkalasi ham taniqli va dunyo tan olgan jangchilar. Ammo, albatta, vazn toifalari juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi,” — dedi G‘iyosov.

Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosovning o‘zi ham yaqin vaqtlar ichida yarim o‘rta vaznda chempionlik kamari uchun jang qilishi kutilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting