locale OZ

Shahram G‘iyosov: Ennis — Stanyonisga nisbatan xavfliroq, unga tayyorgarlik ko‘rish qiyinroq, chunki u taxmin qilib bo‘lmaydi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shahram G‘iyosov: Ennis — Stanyonisga nisbatan xavfliroq, unga tayyorgarlik ko‘rish qiyinroq, chunki u taxmin qilib bo‘lmaydi
Shahram G‘iyosov: Ennis — Stanyonisga nisbatan xavfliroq, unga tayyorgarlik ko‘rish qiyinroq, chunki u taxmin qilib bo‘lmaydi

WBA versiyasi bo‘yicha yarim o‘rta vaznda jahon chempionligiga da’vogar Shahram G‘iyosov ehtimoliy raqiblari — Jeyron Ennis va Eymantas Stanyonis haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Albatta, Ennis juda kuchli jangchi. U universal, ma’lum bir uslubi yo‘q — o‘zi xohlagancha jang qiladi. Shu bois unga qarshi tayyorgarlik ko‘rish ancha murakkab, chunki undan nima kutishni bilmaysan. Stanyonis esa ancha oddiy va prognoz qilinadigan bokschi: u qanday harakat qilishini tushunish osonroq va unga qarshi aniq reja tuzish mumkin. Shuning uchun Eymantasga qarshi tayyorgarlik ko‘rish Enniskaga nisbatan osonroq», — dedi G‘iyosov intervyuda.

Eslatib o‘tamiz, Jeyron Ennis aprel oyidagi jangda Stanyonisni oltinchi raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi. WBA bu ikki bokschi o‘rtasida chempionlikni birlashtiruvchi jangni tayinlab, jamoalarga muzokaralar uchun 30 kun muhlat bergan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting