locale OZ

Shahram G‘iyosov: \"Chempion kim bo‘lsa, o‘sha bilan jang qilib, kamarni O‘zbekistonga olib kelaman\"

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shahram G‘iyosov: "Chempion kim bo‘lsa, o‘sha bilan jang qilib, kamarni O‘zbekistonga olib kelaman"
Photo: gettyimages

Professional boksning yarimo‘rta vazn toifasida WBA kamari uchun o‘zbekistonlik majburiy da’vogar Shahram G‘iyosov yo‘nalish superchempioni bilan jangga munosabat bildirdi.

"Ennis juda kuchli bokschi. Juda aqlli va juda tezkor. Biz ham anoyilardan emasmiz. Men 20 yil shunchaki yurganim yo‘q. Kim raqib bo‘lishining menga farqi yo‘q. Chempionlik kamari kimda bo‘lsa, o‘sha bilan jang qilib, kamarni Xudo xohlasa O‘zbekistonga olib kelaman",- dedi G‘iyosov.

Avvalroq, WBA tashkiloti superchempion Jeyron Ennis hamda majburiy da’vogar Shahram G‘iyosov o‘rtasidagi jangga rasman buyruq berib, tomonlarga muzokara o‘tkazishi uchun 30 kun muxlat bergandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting