locale OZ

Shahram G'iyosov: “Bu jangni qizimga bag'ishlayman”

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shahram G'iyosov: “Bu jangni qizimga bag'ishlayman”
FОТО: WBA

12-aprel kuni AQSh'ning Nyu-Jersi shtati, Atlantik-Siti shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Turnir doirasida yarim o'rta vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Shahram argentinalik Franko Maksimiliano Okampoga qarshi ringga ko'tariladi.

G'iyosov navbatdagi jangi oldidan vafot etgan qizini yodga olib, ushbu jangni unga bag'ishlashini aytdi.

“Albatta, bu men uchun juda qayg'uli. Men uni juda ham yaxshi ko'rardim. Uni haligacha sog'inaman. Lekin qizimga, ota-onamga Jahon chempioni bo'lishni va'da qilganman. Bu jangni qizimga bag'ishlayman”, - deydi G'iyosov.

Ma'lumot uchun, Shahram professional faoliyati davomida 16 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Ularning 9 tasi muddatidan avval yakunlangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting