locale OZ

Sebastian Fundora barcha chempionlik kamarlarini birlashtirish niyatida

Amerikalik bokschi kelajakda Jaron Ennisga qarshi katta jang o‘tkazish istagini bildirdi.
Sebastian Fundora barcha chempionlik kamarlarini birlashtirish niyatida
Foto: Getty Images

WBC yo‘nalishida birinchi o‘rta vazn chempioni Sebastian Fundora diviziondagi barcha asosiy chempionlik kamarlarini birlashtirishni maqsad qilganini ma’lum qildi. Amerikalik bokschi kelajakda Jaron Ennisga qarshi katta jang o‘tkazish istagini bildirdi. Bu haqda Fundoraning matbuot vakillari bilan suhbatiga tayanib, Bad Left Hook nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Fundora avvalo 17-oktabr kuni mag‘lubiyatsiz albaniyalik Ermal Hadribeajga qarshi o‘z chempionlik kamarini himoya qiladi. Shundan keyin u Ennis va Josh Kelli o‘rtasidagi jang g‘olibi bilan to‘qnashish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqchi.

Fundora Ennisga qarshi bahsni vazn toifasidagi eng qiziqarli to‘qnashuvlardan biri deb hisoblaydi. Amerikalik sportchining fikricha, mazkur jang tashkil etilsa, diviziondagi eng kuchli bokschini aniqlash uchun katta imkoniyat yuzaga keladi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Fundora professional faoliyatida 24 ta g‘alaba, bitta mag‘lubiyat va bitta durang qayd etgan. U 2024-yilda Tim Szyuni mag‘lub etib, WBC chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. Hozircha Ennisga qarshi jang bo‘yicha rasmiy kelishuv mavjud emas.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting