locale OZ

Saul 'Canelo' Alvarez ikkinchi o‘rta vaznda yana mutlaq jahon chempioni bo‘ldi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saul 'Canelo' Alvarez ikkinchi o‘rta vaznda yana mutlaq jahon chempioni bo‘ldi
Saul 'Canelo' Alvarez ikkinchi o‘rta vaznda yana mutlaq jahon chempioni bo‘ldi

Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyodda professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi. Uning eng kutilgan janglaridan biri meksikalik afsona Saul 'Canelo' Alvarez va kubalik Uilyam Skall o‘rtasida o‘tdi.

Jangda ikkinchi o‘rta vazn (76,2 kg gacha) toifasida mutlaq chempionlik unvoni qo‘yildi. Bu Canelo uchun Shimoliy Amerikadan tashqaridagi ilk jang edi. Uning raqibi — 23 g‘alaba (9 nokaut), 1 mag‘lubiyatga ega 32 yoshli kubalik Skall bo‘ldi.

Jang to‘liq 12 raund davom etdi va hakamlar yakdil qarori bilan — 115-113, 116-112, 119-109 — g‘alaba Caneloga berildi. U shu tariqa WBA, WBC va WBO kamarlarini himoya qilib, Skallga tegishli IBF kamarini ham qo‘lga kiritdi. Bu Canelo uchun ikkinchi bor mutlaq chempionlik bo‘ldi. Qizig‘i, bu Alvarez uchun ketma-ket oltinchi jang bo‘ldi va u hali ham o‘z maqomini saqlab qolmoqda. Uning umumiy natijalari: 63 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat va 2 durang.

Canelo ilk bor 2021 yil noyabrda mutlaq chempion bo‘lgan va to‘rt marta kamarlarini himoya qilgan. 2023 yilda u vaqtincha IBF kamaridan voz kechgan, bu esa Skallga uni rossiyalik Vladimir Shishkinga qarshi jangda qo‘lga kiritish imkonini bergan. Endi esa Canelo to‘liq chempionlik maqomini yana o‘z qo‘liga oldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting