Saul Alvares sentyabrda WBC chempionlik kamari uchun jang qiladi
Ikkinchi oʻrta vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni, meksikalik Saul «Kanelo» Alvares oʻzining navbatdagi jangini kelib chiqishi kamerunlik boʻlgan Fransiya vakili Kristian Mbilliga qarshi oʻtkazadi. Bu haqda Riyadh Season matbuot xizmati rasman xabar berdi.
Ushbu qiziqarli toʻqnashuvda 76,2 kg gacha boʻlgan vazn toifasida WBC jahon chempionlik kamari oʻrtaga qoʻyiladi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, jang shu yilning sentabr oyida Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida boʻlib oʻtadi.
Maʼlumot uchun, Saul Alvares faoliyati davomida 63 ta gʻalaba (39 tasi nokaut bilan) qayd etgan, 3 bor magʻlubiyatga uchragan va 2 ta jangda hakamlar qaroriga koʻra durang qayd etilgan.
Kristian Mbilli esa professional boksda hali magʻlubiyat taʼmini tatib koʻrmagan. Uning hisobida 30 ta gʻalaba (24 tasi nokaut bilan) va 1 ta durang bor.