locale OZ

Saul Alvares: “Menimcha, Krouford Madrimovga mag'lub bo'lgandi”

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saul Alvares: “Menimcha, Krouford Madrimovga mag'lub bo'lgandi”
FОТО: DAZN

Supero'rta vazn toifasida WBC, WBA va WBO kamarlari sohibi Saul “Kanelo” Alvares ikki vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Terens Kroufordning Isroil Madrimovga qarshi jangini esladi.

“Menimcha, Krouford Madrimov bilan jangda mag'lub bo'ldi yoki durang natija qayd etdi. Hammasi boshqacha yakunlanishi mumkin edi. Lekin u nima uchun vazn toifalari borligini biladi”, - deydi Alvares.

Eslatib o'tamiz, Krouford va Madrimov o'rtasidagi jang 2024-yilning 3-avgust sanasida Los-Anjelosda bo'lib o'tgan. Jang to'liq 12 raund davom etgan va hakamlar qarori bilan Terens g'alaba qozongandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting