locale OZ

Saul Alvares faoliyatini yakunlagan Terens Krouford bilan revansh oʻtkazmoqchi

Ularning ilk jangi 2025 yilning sentyabr oyida boʻlib oʻtgandi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saul Alvares faoliyatini yakunlagan Terens Krouford bilan revansh oʻtkazmoqchi
FOTO: Getty Images

Ikkinchi o‘rta vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni, meksikalik Saul Alvares uchta vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni, amerikalik Terens Kroufordga qarshi revansh jangi o‘tkazish istagi borligini ma’lum qildi. Etiborlisi, ularning ilk jangi 2025 yil 14 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan va unda Terens hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozongan edi.

«Krouford faoliyatini yakunlaganini bilaman, lekin u bilan yana jang qilishni xohlardim. Umid qilamanki, bizda revansh jangi bo‘ladi. Bu muxlislar uchun ajoyib sovg‘a bo‘lar edi. Mening har doim o‘z rejam bor va hech kimni kutib o‘tirmayman. Biroq u bilan yana bir bor kuch sinashishni juda istayman», — dedi Alvares.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Terens Krouford professional boksdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. U boks olamini mag‘lubiyatsiz (42-0) tark etdi. Krouford boks tarixida uchta turli vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangan ilk sportchi hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting