locale OZ

Saidjamshid Ja'farovning beshinchi g'alabasi: o'zbekistonlik bokschi IBA Pro 2 musobaqasida tajribali raqibini mag'lub etdi

Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saidjamshid Ja'farovning beshinchi g'alabasi: o'zbekistonlik bokschi IBA Pro 2 musobaqasida tajribali raqibini mag'lub etdi
Saidjamshid Ja'farovning beshinchi g'alabasi: o'zbekistonlik bokschi IBA Pro 2 musobaqasida tajribali raqibini mag'lub etdi

Rossiyaning Chelyabinsk shahrida professional boks bo'yicha IBA Pro 2 musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda o'zbekistonlik bokschilar Saidjamshid Ja'farov va Madiyar Saidrahimov ringga chiqishdi.

Premier Boxing Academy jamoasi a'zosi Saidjamshid Ja'farov tajribali rossiyalik Sergey Lubkovichga qarshi jang qildi. O'rta yaqin vazn toifasida tashkil etilgan jang 6 raund davom etdi va hakamlar yakdil qarori bilan o'zbekistonlik bokschining g'alabasi bilan yakunlandi.

Bu g'alaba Ja'farov uchun professional karerasidagi beshinchisi bo'ldi. Uning natijalari — 5 g'alaba va 1 mag'lubiyat (5–1). Mag'lub bo'lgan 29 yoshli Sergey Lubkovich hisobida hozirda 19 jang mavjud: 18 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting