locale OZ

Ruslan Abdullaev professional boksda uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi

Jang to‘liq davom etdi.
Boks
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ruslan Abdullaev professional boksda uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi
Фото: Boxing Uzbekistan

AQShning Kaliforniya shtati, Indio shahridagi Fantasy Springs Resort Casino majmuasida professional boks turniri yakunlandi.

Oqshom doirasida o‘zbekistonlik Ruslan Abdullaev o‘zining prof boksdagi uchinchi jangini o‘tkazdi. Abdullaev amerikalik Kevin Johnsonga qarshi ringga ko‘tarildi.

Sakkiz raund to‘liq davom etgan jangda Abdullaev tajribali raqibini hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratdi — 80-72, 79-73, 79-73.

Havaskor boksda jahon chempioni hisoblangan Ruslan Abdullaev esa bugun prof boksdagi uchinchi jangida uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting