locale OZ

Rossiyaning Naberejnie Chelni shahrida IBA.Pro 20 professional boks kechasi tashkil etiladi

Unda bir qator o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustalari ringga ko‘tariladi.
 Rossiyaning Naberejnie Chelni shahrida IBA.Pro 20 professional boks kechasi tashkil etiladi
photo: gettyimages

Naberejnie Chelnida o‘zbek bokschilari ringga ko‘tariladi

14 avgust kuni Rossiyaning Naberejnie Chelni shahrida IBA.Pro 20 professional boks kechasi tashkil etiladi. Unda bir qator o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustalari ringga ko‘tariladi.

Birinchi og‘ir vazn — 90,7 kg toifasida faoliyat yuritayotgan Halimjon Mamasoliyev (8-0, 7 KO) rossiyalik tajribali bokschi Yuriy Kashinskiy (22-5, 19 KO)ga qarshi jang qiladi. O‘n raundga mo‘ljallangan mazkur qarama-qarshilik Halimjon uchun faoliyatidagi muhim sinovlardan biri bo‘ladi.

Professional boksning 55,3 kg vazn toifasida harakat qilayotgan Mirazizbek Mirzahalilov (5-0, 4 KO) esa IBF European chempionlik kamari uchun mezbonlar vakili Chingiz Natirov (10-0, 5 KO) bilan kuch sinashadi. Bu jang ham 10 raund qilib belgilangan.

Shuningdek, yarim o‘rta vazn — 66,7 kg toifasida Havasbek Asadullayev (8-0, 5 KO) rossiyalik Sergey Lubkovich (20-0-2, 12 KO)ga qarshi 10 raundlik jang o‘tkazadi.

Professional boks oqshomining yana bir o‘ziga xos jihati — ikki karra Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatovning faxriy mehmon sifatida taklif etilganidir.

Barcha vakillarimiz ringda o‘zlarining eng yaxshi janglaridan birini namoyish etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlariga ishonamiz va ularga muhim janglarda omad va zafar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting