Riyadh Season noyabrda super shou uyushtirmoqda
22 noyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida The Ring IV “Night of the Champions” boks kechasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakat ko‘ngilochar sohasi rahbari Turki Ash-Shayx ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Tunning asosiy jangidan o‘rin olgan bellashuvda yarim og‘ir vazn toifasidagi WBC chempioni Devid Benavides (30–0, 24 KO) britaniyalik raqibi Entoni Yard (26–3, 24 KO) bilan ringga chiqadi.
Bundan tashqari, tadbir doirasida quyidagi janglar ham o‘tkaziladi:
• Yarim o‘rta vazn: WBO chempioni Brayan Norman (28–0, 22 KO) ushbu vazn toifasida tanaffusdagi WBC chempioni Devin Xeyniga (32–0, 15 KO) qarshi to‘qnashadi;
• Yengil vazn: amerikalik yosh iste’dod Abdulla Meyson (19–0, 17 KO) vakant WBO kamari uchun britaniyalik Sem Nouks (17–0, 15 KO) bilan bellashadi;
• Ikkinchi yengil vazn: WBC chempioni Jessi Rodriguez (21–0, 14 KO) WBA kamari egasi Fernando Martines (18–0, 9 KO) bilan jang qiladi.
Eslatma: Rodriguez 19 iyul kuni WBO chempioni Phumelile Kafu (11–0–3, 8 KO) bilan jang qiladi. Agar g‘alaba qozonsa, Martinesga qarshi jangda WBC, WBA va WBO kamarlari xavf ostida bo‘ladi. Agar yutqazsa, faqat Martinesning WBA kamari uchun to‘qnashuv bo‘ladi.